Texnikum haqida

TEXNIKUM TARIXI

     Namangan xizmat ko’rsatish va servis texnikumi sobiq (Namangan shahar pedagogika kolleji) 1972 yilda Namangan shahar xalq ta’limi bo’limiga qarashli 27-o’rta maktabda tashkil topgan. 1973 yildan Namangan shahridagi 13-bolalar maktab internati binosi (hozirgi bino)ga ko’chib kelgan va faoliyatini shu yerda davom ettirgan. O’ZBSSR Vazirlar Maxkamasining 1971 yil 26 iyuldagi 668-sonli buyrug’i, Namangan viloyat hokimligi Xalq ta’limi boshqarmasining 1971 yil 29 iyuldagi 40-sonli buyruqlari asosida Namangan pedagogika bilim yurti tashkil topgan. 2003 yil yanvar oyidan boshlab O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qonunlari maqsad va vazifalarini bosqichma-bosqich ro’yobga chiqarish maqsadida hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Markazining 2002 yil 30 noyabrdagi 327-sonli «Kasb-hunar kolleji maqomini berish to’g’risida»gi buyrug’i, Namangan viloyati hokimligining o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasining 2003-yil 3-yanvardagi 2-sonli buyrug’i asosida Namangan pedagogika bilim yurtiga Namangan shahar pedagogika kolleji maqomi berildi. Bilim yurti yangi tashkil etilgan davrda 15 nafar o’qituvchi bilan «Maktabgacha tarbiya» yo’nalishiga 150 nafar o’quvchi qabul qilib dastlabki o’quv jarayoni boshlangan.

     Keyingi davrlarda  «Maktabgacha tarbiya», «Musiqa ta’limi», «Boshlang’ich ta’lim» mutaxassisliklariga viloyatda extiyoj ko’pligi uchun pedagogika bilim yurtida yuqoridagi mutaxassisliklarga bo’lgan talabni qondirish maqsadida o’quvchilarni qabul qilish o’sib bordi (jadvalda ilova etiladi) shu bilan bir qatorda bilim yurtida o’qishning «Ishdan ajralmagan holda» o’qish shakliga ham o’quvchilar qabuli yo’lga qo’yildi. Dastlabki davrda bilim yurtida 17 ta o’quv xonasi, 12 ta yakka tartibdagi musiqa mashg’ulotlari o’tish uchun xonalar mavjud bo’lib, darslar ikki smenada olib borilgan.

    “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da qayd etilgan o’rta  maxsus, kasb-hunar ta’limi hisoblangan – kollejlarni barpo etish  maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 24 fevraldagi “Akademik litseylar va kasb-hunar  kollejlarini  tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish to’g’risida”gi  77-sonli qarori hamda 1998 yil  13  maydagi  “O’rta  maxsus  kasb-hunar ta’limini  tashkil  etish  chora-tadbirlari  to’g’risida”gi 204-sonli qarorlari negizida Respublikamizning barcha  hududlarida, jumladan, Namangan viloyatida ham kollejlar barpo etishga katta e’tibor qaratildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentyabrdani PF-5812-sonli farmoniga muvofiq Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Namangan xizmat ko’rsatish va servir texnikumi maqomi berildi.